Suriyaning Rossiyadagi elchisi Bashar Ja’fariy Rossiyadan boshpana so‘ragan.
Bu haqda TASS agentligi o‘z manbalariga asoslanib xabar bermoqda.
"Suriya elchisi Rossiya Federasiyasidan boshpana so‘radi," - deya agentlik suhbatdoshi ma’lum qildi.
Bundan oldin Suriya Tashqi ishlar vazirligi Moskvadagi elchini almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Suriya TIVning OAV bilan aloqalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Abdulloh Al-Hakiy ta’kidlashicha, vazirlik Suriyaning Moskva va Ar-Riyoddagi elchilarini Damashqdagi markaziy boshqarmaga o‘tkazishga qaror qilgan.
Al-Hakiy yana qo‘shimcha qilishicha, Moskvadagi yangi elchi lavozimiga bir necha nomzod ko‘rib chiqilmoqda va diplomatik vakolatxonaning yangi rahbari nomi keyinroq e’lon qilinadi.