Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Suriya DXR va LXR mustaqilligini tan oldi

A A A
Suriya DXR va LXR mustaqilligini tan oldi

Suriya o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donesk va Lugansk xalq respublikalari mustaqilligini tan olishga qaror qildi. Bu haqda Suriyaning SANA agentligi mamlakat Tashqi ishlar vazirligidagi «rasmiy manba»ga tayanib xabar berdi.

«Suriya Arab Respublikasi barcha sohalarda munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha umumiy iroda va istagini o‘zida mujassam etgan holda ham Lugansk Xalq Respublikasi, ham Donesk Xalq Respublikasining mustaqilligi va suverenitetini tan olishga qaror qildi», — deydi SANA manbasi.

Iyun oyi o‘rtalarida DXR hukumati Suriya prezidenti Bashar Asad o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan respublika vakillarini DXR va LXRni rasman tan olish tartibini boshlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingani haqida xabar berganini e’lon qilgandi.

Shu tariqa Suriya DXR va LXR mustaqilligini tan olgan Rossiyadan keyingi ilk davlat bo‘ldi.

Kiritildi: 07:00 30.06.2022. O'qildi: 2371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!