Suriyaning yangi rahbariyati mamlakatga Rossiya🇷🇺, Eron🇮🇷 va Isroil🇮🇱 tovarlarini olib kirishni taqiqladi. Bu haqda Al Araby portali respublika Moliya vazirligiga tayanib xabar berdi.
Yangi farmonga ko‘ra, noqonuniy olib kirilgan tovarlar musodara qilinadi. Shu bilan birga, kirish taqiqi Eron va Isroil fuqarolariga taalluqlidir, lekin rossiyaliklarga taalluqli emas.
Avvalroq “Asharq Al-Awsat” diplomatik manbasi Rossiya prezidentining Yaqin Sharq va Afrika bo‘yicha maxsus vakili Mixail Bogdanov Asad rejimi qulaganidan keyin Damashqqa tashrif buyurgan birinchi rossiyalik rasmiy bo‘lishi mumkinligini xabar qilgan edi.
Tashrif Rossiya harbiylarining Suriyadagi mavjudligi bilan bog‘liq noaniqlik fonida tayyorlanmoqda.
14 yanvar kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva Suriyaning yangi rahbariyati bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi.
“Bizning elchixonamiz Damashqni tark etgani yo‘q, ular har kuni aloqada bo‘lib turadi, biz vaziyatni normallashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarda foydali bo‘lishga tayyormiz”, dedi vazir.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Turkiya, AQSH, Germaniya, Fransiya va Fors ko‘rfazidagi arab davlatlaridan delegasiyalar Damashqqa tashrif buyurgan.