Bugun 8 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Suriya As-Suvaydaga maxsus kuchlarni yuborishga tayyorlanmoqda

Suriya As-Suvaydaga maxsus kuchlarni yuborishga tayyorlanmoqda

Suriya rasmiylari janubdagi As-Suvayda viloyatiga u yerda davom etayotgan to‘qnashuvlarni to‘xtatish uchun maxsus kuchlarni yuborishga hozirlik ko‘rmoqda.

Bu haqda Arab Respublikasining vaqtinchalik prezidenti Ahmad al-Shara ma’lum qilgan.

“Suriya rahbariyati As-Suvaydadagi jangovar harakatlarni to‘xtatish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirmoqda va shu munosabat bilan tez orada qurolli to‘qnashuvlarga nuqta qo‘yish uchun u yerga maxsus kuchlarni yuborishni rejalashtirmoqda", deyiladi al-Shara idorasi o‘zining Telegram-kanalida e’lon qilgan xabarda.

O‘z navbatida, Suriya telekanali manbalarga tayanib, xavfsizlik kuchlari mamlakat muvaqqat prezidentining ko‘rsatmasini amalga oshirish doirasida “As-Suvaydaga jo‘natiladigan bo‘linmalarni hozirdanoq tayyorlamoqda” deb da’vo qilmoqda.

Kiritildi: 08:10 19.07.2025. O'qildi: 960 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!