Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Suratdagi ayollarning kiyimini yechadigan dastur yopib tashlandi

A A A
Suratdagi ayollarning kiyimini yechadigan dastur yopib tashlandi

Qalbaki yalang‘och rasmlarni yasash uchun ayollarning suratidagi kiyimlarni olib tashlashga qodirligini da’vo qilgan dastur tuzuvchilar tomonidan yopib qo‘yildi. Motherboard saytida 50 dollar turuvchi "Qipyalang‘och" (deepnude) nomli dastur haqida xabar chiqqach, ommaning e’tiboriga tushdi va tanqidlarga sabab bo‘ldi. Bu haqda "Minbar.uz" yozmoqda.

Porno qasos nomi bilan ataluvchi ayollarning yalang‘och rasmi va intim holatlarini internetga qo‘yish amaliyotiga qarshi faollardan biri dasturni "dahshatli" deb ta’riflagan.

Ishlab chiqaruvchilar dunyo hali bu narsaga tayyor emas ekan deb dasturni internet tarmog‘idan olib tashlagan.

"Odamlarning bu dasturni boshqa maqsadlarda ishlatish ehtimoli juda yuqori. Biz bu yo‘l bilan pul topishni xohlamaymiz", – deb yozdi dasturlovchilar «Twitter»da.

Ularning aytishicha, dasturni sotib olgan har bir kishining puli qaytariladi. Dasturning boshqa versiyalari bo‘lmaydi, uni ishlatish huquqidan boshqalar ham mahrum qilinadi.

Ishlab chiqaruvchilar dasturning nusxasi borlardan uni tarqatmaslikni iltimos qildi. Ma’lum bo‘lishicha, kim uni tushirib olgan bo‘lsa ishlashda davom etadi.

Qasos qurbonlari

Jamoaning aytishicha, dastur bir necha oy muqaddam shunchaki "ko‘ngilxushlik" uchun ishlab chiqilgan.

Keyinchalik dasturning Windows va Linux versiyalarida ishlovchi veb-sayti yaratildi.

  • Dastur ikki xil ko‘rinishda taqdim qilinardi. Birinchi tekin, lekin suratga katta qilib yozilgan "qalbaki" so‘zi turardi.
  • Ikkinchi versiyasi pulli va "qalbaki" so‘zi suratning bir burchagiga muhr sifatida bosilardi.
  • Ishlab chiqaruvchilar o‘z bayonotida dasturning ayrim suratlardagina ishlashini tan olishgan.

"To‘g‘risi, dastur juda ham zo‘r emas, u faqat ma’lum suratlar bilan ishlaydi".

Shunga qaramasdan, bu haqda xabar chiqishi bilan dasturni yuklab oluvchilarning ko‘pligidan ularning veb-sayti ishlamay qoldi.

Porno qasosga qarshi kampaniya Badass guruhi asoschisi Ketlin Bouden «Motherboard»ga dasturni "dahshatli" degan.

"Hozir har kim yalang‘och suratga tushmasa ham porno qasosning qurboni bo‘lishi mumkin. Dastur omma uchun qo‘l yetadigan bo‘lmasligi kerak", – deydi u.

Aytilishicha, dastur suratdagi ayollarning kiyimlarini olib tashlab, haqiqatga yaqin yalong‘och rasmlarni ishlab chiqarish uchun sun’iy aqlga asoslangan neyron tarmoqlardan foydalanadi.

Tarmoqlar suratdagi kiyimni topishga, uni teridagi nozik farqlar bilan niqoblab, yoritib, soyalarini tushirib va keyin mos fizik xaraktaristika bilan to‘ldirishga ixtisoslashgan.

Dastur tasvirlarni soxtalashtirib, haqiqiydek ko‘rsatishga ixtisoslashgan deepfake (o‘ta qalbaki) texnologiyasiga o‘xshaydi. Deepfakes dasturlari ilk chiqqan vaqtlarida mashhurlarning qalbaki pornografik kliplarini olishda ishlatilardi.

Kiritildi: 13:13 01.07.2019. O'qildi: 7117 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!