O‘zbekiston Superligasida muxlislar tashrifi bo‘yicha 2026 yilgi mavsumning yangi rekordi qayd etildi.
18-tur doirasida Namanganda o‘tkazilgan "Navbahor" – "Nasaf" uchrashuvini stadiondan 19 540 nafar muxlis kuzatib bordi. Bu joriy mavsumdagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.
Bungacha rekord "Andijon" – "Neftchi" uchrashuviga tegishli edi. Mazkur bahsni 19 170 nafar muxlis bevosita stadiondan tomosha qilgan.
Shu tariqa, Namangandagi uchrashuv avvalgi rekordni 370 nafarga yaxshiladi.