Superligada qolish uchun o‘tkazilgan pley-off o‘yinida "Xorazm" safarda "Buxoro"ni mag‘lub etdi - 2:1.
O‘yinda Bilol Tupliyev 36-daqiqada mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda xorazmliklar safida Abror Xo‘sinov (73) va Temur Ismailov (82) gollar kiritib, jamoasini ligada saqlab qoldi.
"Buxoro" endi Proligada 2-o‘rinni egallagan "Aral" bilan Superliga yo‘llanmasi uchun kurashadi.
Superliga, pley-off
10 dekabr, 15:00
Buxoro - Xorazm - 1:2
Gollar: Bilol Tupliyev 36, - 1:0 (Muhammad Yuldashev). Abror Xo‘sinov 73, - 1:1 (Jasur Azimov). Timur Ismoilov 83, - 1:2.
Buxoro: Otabek Boymurodov, Sardor Qulmatov, Ravshan Xayrullayev, Bilol Tupliyev (Azizbek Amonov, 74), Toma Tabatadze, Franye Chiryak (Anvar Jo‘rayev, 74), Muhammad Yuldashev (Javohir O‘tamurodov, 87), Yosip Tomashevich, Franye Ikich, Shahboz Jo‘rabekov (Izzatillo Po‘latov, 62), Dominik Begich (Ibrohim No‘’monov, 87).
Xorazm: Artyom Potapov (Mashhurjon Muhammadjonov, 46), Diyor Ortiqboyev, Abbos Otaxonov, Hazratjon Tursunqulov, Jasur Azimov, Murodbek Bobojonov (Shahrom Samiyev, 75), Humoyunmirzo Iminov (Asadbek Saitxonov, 90+6), Iskandar Shaykulov, Danila Yejov (Temur Ismoilov, 46), Azizjon Ahrorov (Farruh Ibrohimov, 87), Abror Xo‘sinov.
Ogohlantirishlar: Franye Chiryak 50, Abbos Otaxonov 59, Toma Tabatadze 59, Franye Ikich 59, Izzatillo Po‘latov 62. Yosip Tomashevich 88.