Bugun 21 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Superliga. Vodiy derbisida durang, «Olimpik» «Qizilqum»ni minimal hisobda mag‘lub etdi

Superliga. Vodiy derbisida durang, «Olimpik» «Qizilqum»ni minimal hisobda mag‘lub etdi

Superligada bugun 21-turdan o‘rin olgan ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kunning dastlabki bahsida «Neftchi» Farg‘onada «Navbahor»ni qabul qildi. Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.

Farg‘onaliklardan Anvar G‘ofurov (3-daqiqa) va Sanjar Qodirqulov (90-daqiqa) tomonidan kiritilgan gollarga namanganliklar Toma Tabatadze (80-daqiqa) va Azim Ahmedov (90+6-daqiqa) tomonidan kiritilgan gollar bilan javob qaytardi.

Kunning ikkinchi bahsida «Olimpik» «Qizilqum» ustidan minimal 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

O‘yin taqdirini Sunnatilla Abdullajonov (45+2-daqiqa) tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi.

Kiritildi: 20:19 20.10.2024. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!