Bugun 23 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Superliga 3,5 mlrd yevro tufayli UYEFAni sudga beradi

A A A
Superliga 3,5 mlrd yevro tufayli UYEFAni sudga beradi

Ma’lumotlarga qaraganda, loyiha rahbarlari yangi turnirning starti cheklovlar va Aleksander Cheferin boshchiligidagi Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqining bosimi jiddiy moliyaviy zarar yetkazdi, deb hisoblashmoqda.

Jumladan, Superliganing milliardlab yevro zarar ko‘rishiga, "JP Morgan" bilan kelishilgan musobaqa startiga aloqador kredit borligi sabab sifatida tilga olinmoqda. 2021 yilda tomonlar 2,8%ga kelishishgandi, lekin hozir gap kamida 6,3% haqida ketmoqda.

Shuningdek, asoschilar televizon huquqlar sotuvidan tushishi kerak bo‘lgan mablag‘ bo‘yicha zararni qoplanishi so‘ralgan.

Moliyaviy e’tirozlardan tashqari, Superliga UYEFA Yevropa Ittifoqi sudining - "UYEFA Yevropada klublar o‘rtasida musobaqalar tashkil qilish bo‘yicha monopoliyaga ega emasligi va yangi loyihaga bosim o‘tkazishga qonuniy jihatdan haqqi yo‘qligi" to‘g‘risidagi qarorini to‘liq bajarmaganlikda ayblamoqda.

Kiritildi: 22:01 08.02.2024. O'qildi: 1485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!