Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Superkompyuter Premyer-liga yangi mavsumining asosiy favoritini aniqladi

Superkompyuter Premyer-liga yangi mavsumining asosiy favoritini aniqladi

Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumi boshlanishiga oz fursat qoldi. Opta superkompyuteri jamoalarning chempionlik imkoniyatini hisoblab chiqdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, chempionlik uchun eng katta imkoniyat amaldagi chempion - "Liverpul"ga tegishli. Mersisaydliklar chempionlikni himoya qilish ehtimoli 28,5% ni tashkil qiladi.

Premyer-ligada g‘olib chiqish imkoniyati bo‘yicha ikkinchi o‘rinda "Arsenal" bormoqda - 24,3 foiz. Kuchli uchlikni "Manchester Siti" yakunlamoqda, Xosep Gvardiola jamoasining chempionlik uchun imkoniyati 18,8 foizga baholanmoqda.

Keyingi o‘rinlarda "Chelsi" (8,4%), "Aston Villa" (5,1%), "Nyukasl" (5,1%), "Kristal Pelas" (2,9%) bormoqda. Qolgan jamoalarning imkoniyatlari 1% yoki undan ham past.

Kiritildi: 18:28 06.08.2025. O'qildi: 807 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!