«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn yaqin vaqt ichida jamoasini almashtirishi mumkin. Angliyalik forvardning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi, ammo kelayotgan yozda — ya’ni bir yil avval — 65 million yevroga tovon puli bandi kuchga kiradi.
The Touchline nashrining Goal manbasiga tayanib xabar berishicha, Keyn «Bavariya»ni tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu vaqtda «ko‘k-anorranglilar» Robert Levandovskiga munosib o‘rinbosar izlayotgani ma’lum.
32 yoshli hujumchi Kataloniya klubiga o‘tish fikriga jiddiy qarayotgani aytilmoqda.
Joriy mavsumda Keyn Vensan Kompani boshqarayotgan jamoa safida barcha musobaqalarda 15 ta uchrashuvda 22 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma bergan.