Aktrisa Diana Yagofarova kinoga qaytishni rejalashtirmoqda. Bu haqda OAVda xabarlar tarqaldi.
Diana rejisserlarning takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor va shu yilning o‘zida kinoga qaytishni rejalashtirmoqda. Aktrisa bungacha ham o‘z karyerasini qayta tiklashni rejalashtirayotgani haqida aytgan edi. OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra aktrisaga rejisserlar o‘n yil avvalgi mojaro sabab rol taklif qilishga cho‘chishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Diana 2008 yilda "Super kelinchak" filmidagi roli uchun mashhurlikka erishgan edi. Shundan so‘ng tarmoqlarda go‘yoki Diana Yagofarova va rejisser Bahrom Yoqubov ishtirok etgan behayo videolavhalar tarqalgan edi. Aktrisa va rejisser o‘sha videoga hech qanday aloqasi yo‘q ekanini bir necha bora takrorlagan, lekin jamiyat bunga ishonmagan. Shu voqealardan so‘ng aktrisa filmlarda suratga tushishni to‘xtatgan.