Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Sunnat to‘yidagi sovg‘alar kelinning otasiga solinadigan soliqmi?

Sunnat to‘yidagi sovg‘alar kelinning otasiga solinadigan soliqmi?

Xalqimizda bolani xatna qilishdagi marosim sunnat to‘yi deb ataladi. Xatna qilingandan keyin esa ziyofat uyushtirish odati bor. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: xo‘sh, xatna qilish sunnatmi yoki xatnadan keyingi ziyofat sunnatmi?

Xatna munosabati bilan ziyofat qilish aslida ba’zi sahobalarning odati, qilgan ishlaridir.

Aqiqa va sunnat bir-biridan farqli

Solim (roziyallohu anhu): Men va Nuaymni Ibn Umar ning o‘zlari xatna qilgan va bizga bir qo‘chqor so‘ygan. Men Ibn Umarning bizning nomimizdan qo‘chqor so‘yga nidan bolalarga maqtanib, o‘zimcha quvonib, shodlanib yurganman (Imom Buxoriy rivoyati). Demak, sunnat to‘yi, ya’ni xatna munosabati bilan qo‘y so‘yib, ziyofat berish payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam)ning sun natlari emas, balki ba’zi sa hobalarning odatlari ekan. U zot (sollallohu alayhi vasal lam)ning o‘zlari nabiralari Hasan (roziyallohu anhu)ning nomlaridan bitta qo‘y so‘yib, aqiqa qilganlar.

Aqiqa farzand tug‘ilgani munosabati bilan so‘yila digan hayvon (odatda qo‘y) ga aytiladi. Bu xususda pay g‘ambarimiz(s.a.v)dan quyidagi hadisi sharif keltiriladi: Har bir yangi tug‘ilgan bola tavalludi munosabati bilan yetti kunligida sochi olinib, ism qo‘yilib, o‘tkaziladigan aqiqa marosimi bilan garov qilingandir . Demak, aqiqa bilan sunnat to‘yi bir-biri dan farqli amallardir.

Afsuski, bugungi kunda xalqimiz ichida sunnat to‘yi qilaman deb, dabdaba va or zu-havasga berilib sunnatni bid’atga almashtirayotganlar ham bor.

Kelinning otasi to‘yning bosh homiysi

Bitta farzandni xatna qil dirish sunnatini bajarish uchun sunnatdan so‘nggi isrof garchiliklarga yo‘l qo‘yilmoq da. Bundan tashqari, ayrim hu dudlarda to‘y bahona kelinning otasiga buqa, toychoq va boshqa soliqlar solinib, buning or qasidan ko‘plab kelishmovchi liklar chiqayotgani ham achchiq haqiqat. Aslida to‘y qilayotgan kishi quda tomonga soliq so lishdan oldin o‘ylab ko‘rishi kerak: xo‘sh, men nima uchun to‘y beryapman, zurriyot kimniki, mening to‘yim uchun nega boshqa birov jabr tortishi kerak? Ana shu savollarga vijdoni oldida adolatli javob bergan kishi quda tomonga og‘irini tashlamaydi, bid’atlarga, riyo ga berilmaydi.

Men nabiramni yoki o‘g‘ limni toyga mindirib ay lantiraman, buni hamma ko‘ rib qo‘ysin , deb kerilayotgan kishilar bu xatti-harakati bilan boshqalarga yomon o‘rnak bo‘layotgani, dinimizga zid ish tutayotgani, ne’matni isrof qilayotganini bilisharmikan?!

Alloh taolo Qur’oni ka rimda: Qasamki, agar shukr qilsangiz, albatta, sizga ziyoda qilurman , deb va’da qilgani dek, shukronalik kayfiyatida yursak, yana ham ziyodasiga eri shamiz. Ammo ne’matlarga shukr qilmasdan buyruqlarni bajar may, qaytariqlardan qaytmasak, oyatning davomida marhamat qilinadiki: Agar kufr keltir sangiz, albatta, azobim shiddat lidir . (Zariyat surasi 56-oyat.)

Mahalladoshlarga yaxshi o‘rnak bo‘laylik

Boyligi yetarli bo‘lganda ham ne’matni isrof qilish, nafsning havosiga uchib, ko‘ng li tusaganidan qaytmaslik musulmon odamga yarashmaydi gan hol. Negaki, u bilan bir mahallada yashayotgan kishilar mablag‘i yetsa-etmasa, shunday dabdaba qilgisi keladi, qarz olsa-da, to‘yni to‘kin-sochin, esda qolarli , boshqalar maq taydigan darajada o‘tkazishga intiladi. Natija esa kundek ravshan: qulog‘igacha qarzga botadi, ishlagani xorijga ketadi, o‘zini o‘tga-cho‘qqa urib, oxiri sog‘lig‘idan ayriladi.

Shu o‘rinda bir mulohaza. Aslida orzu-havasga berilmas dan sunnat qanday bo‘lsa, shun ga amal qilib farzandning kelajagi uchun biror xayrli ishni qilish mumkin-ku. Agar ehson qilmoqchi bo‘lsalar, dinimiz ko‘rsatgan kishilarga qilish kerak. Ana shunda bu amal haqiqiy yaxshilik, savob li bo‘ladi.

Alloh taolo o‘z kalomida Va Allohga ibodat qiling lar va Unga hech narsani shirk keltirmanglar. Ota-onaga, qa rindoshlarga, yetimlarga, mis kinlarga, yaqin qo‘shnilarga, yon qo‘shnilarga, yonboshdagi sohib larga, ko‘chada qolganlarga va qo‘lingizda mulk bo‘lganlarga yaxshilik qilinglar... , deya marhamat qilgan.

Agar bir amal shariatga zid bo‘lsa, uni sunnat deb atab pay g‘ambarimizdan qolgan pok amal nomiga dog‘ tushirib qo‘ymaylik.

Xayrulla ABDULLAYEV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Xorazm viloyatidagi vakili.

Manba: Mahalladosh nashri

Kiritildi: 16:10 14.02.2019. O'qildi: 7294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!