Bugun 24 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Sun’iy intellekt xatosi harbiy operasiyani boshlab yuborishiga sal qoldi

Sun’iy intellekt xatosi harbiy operasiyani boshlab yuborishiga sal qoldi

Sun’iy intellekt xatosi AQSh va Xitoy o‘rtasida harbiy to‘qnashuvga olib kelishiga sal qoldi.

2026 yil bahorida AQSh harbiylari sun’iy intellekt xatosi tufayli Yaqin Sharqdagi Xitoy yuk kemasiga qarshi operasiya o‘tkazish arafasida qolgan. CNN xabar berishicha, maxfiy razvedka hisobotida kema Xitoyning yadroviy dasturi uchun komponentlar tashiyotgani aytilgan. Harbiylar kemani tekshirish va nazoratga olishga tayyorlangan, AQSh samolyotlari esa havoga ko‘tarilgan.

Keyin ma’lum bo‘lishicha, bu ma’lumot noto‘g‘ri bo‘lgan. Gavayidagi AQSh Maxsus operasiyalar qo‘mondonligi analitiklaridan biri kema yuk manifestini tahlil qilish uchun chat-botdan foydalangan. Sun’iy intellekt ochiq ma’lumotlarni radio va internet trafigini tutish orqali olingan maxfiy ma’lumotlar bilan birlashtirgan, ammo yuk tarkibini noto‘g‘ri aniqlagan.

Shundan so‘ng analitik yana sun’iy intellektdan foydalangan — bu safar olingan natijalarni standart razvedka hisoboti shakliga keltirish uchun. Hujjat harbiy tuzilmalar ichida tarqatilgan va xatolik operasiya boshlanishiga deyarli qadar aniqlanmay qolgan.

AQSh Mudofaa vazirligi aniq ushbu voqeaga izoh berishdan bosh tortdi va buni tezkor xavfsizlik masalalari bilan izohladi. Biroq vazirlik razvedka ma’lumotlari qat’iy tekshiruvdan o‘tkazilishini ta’kidladi.

Kiritildi: 07:40 22.09.2026. O'qildi: 811 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!