Bugun 5 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Sun’iy intellekt suratga olishning ajralmas qismi sifatida: TECNO brendi CAMON 50 seriyasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt suratga olishning ajralmas qismi sifatida: TECNO brendi CAMON 50 seriyasini taqdim etdi

Yangi flagman smartfonlar to‘plami ilg‘or texnologiyalarni TECNO’ning innovasion AI-algoritmlari bilan uyg‘unlashtirib, suratga olish sifatini yanada oshiradi.

Tecno MWC 2026 ko‘rgazmasida global bozor uchun Camon 50 Ultra 5G va Camon 50 modellarini o‘z ichiga olgan Camon 50 seriyali flagman smartfonlarini taqdim etdi.

AI ko‘magida ko‘proq yorqin suratlar tajribasi

CAMON 50 Pro smartfoni 50 MP Sony LYTIA 700C Ultra Night kamerasi bilan jihozlangan bo‘lib, u hatto kam yorug‘lik sharoitida ham aniq va sifatli suratlar olish imkonini beradi. Shuningdek, unda 3 karra zumga ega, 70 mm fokus masofali 50 MP telefoto linza mavjud bo‘lib, u ayniqsa portret suratlar uchun juda mos keladi. Shuningdek, 8 MP keng burchakli linza ham mavjud. Ushbu kamera tizimi betakror yaqin masofalar, yoxud stadion suratlari uchun juda mos keladi — 60x raqamlashtirilgan zum har bir detalni suratga oladi. 32 MP modul selfilar uchun javob beradi.

CAMON 50 ham shunga o‘xshash 50 MP asosiy kamera, 8 MP keng burchakli linza va 32 MP old kameraga ega. Ikkala model ham optik tasvirni barqarorlashtiradi.

AI RAW 2.0 tasvirni qayta ishlash mexanizmi ushbu linzalarni qo‘llab-quvvatlaydi va yuqori tasvir sifatiga erishadi. Super-Zoom FlashSnap texnologiyasi telefoto linzasidan foydalanib, hatto uzoq masofalarda ham dinamik sahnalarni yuqori tezlikda suratga oladi. AI Auto Zoom mukammal kompozisiyani yaratish uchun ob’ektlarni uzluksiz taniydi va kesadi.

AI har bir kun uchun

CAMON 50 seriyasi sanoatda birinchi bo‘lib AI Art Gallery funksiyasini taqdim etadi, bu har qanday tasvirni mashhur san’at asarlariga o‘xshatib yaratish imkonini beradi. U o‘tmish va hozirgi davrning turli xil badiiy uslublaridan foydalanadigan Dream Scape modeliga asoslangan. Foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar:

  • Live Photo – suratga tushish jarayonidan bir necha lahza oldin va keyinni yozib oladi va qisqa GIF yaratadi.

  • AI 3D PhotoSpace – fotosurat yoki tasvirga fazoviy chuqurlik illyuziyasini qo‘shadi.

  • AI LightMaster 2.0 – bir marta bosish orqali keraksiz yorqinlik va soyalarni yo‘qotadi.

Yangi TECNO smartfonlaridagi sun’iy intellekt imkoniyatlari fotorasmni qayta ishlash doirasidan ancha keng. AI Key — bu oddiy smartfonni tahlil va tahrir vositasiga aylantiruvchi butun boshli funksiyalar to‘plamidir. FlashMemo funksiyasi murakkab matnni tushunishga yordam beradi, AI Writing 2.0 esa ijtimoiy tarmoqlardagi suratlaringiz uchun yorqin va jozibador izohni o‘zi taklif qiladi.

Har qanday ssenariyga tayyor

CAMON 50 Pro va CAMON 50 smartfonlari MediaTek Helio G200 prosessori asosida ishlaydi. Har ikki model 6.78” o‘lchamli, 1,5K aniqlik va 144 Gs yangilanish chastotasiga ega yorqin AMOLED displey bilan jihozlangan. Asosiy versiyada ekran tekis, Pro modelida esa egri shaklda. Korpus IP68/IP69/IP69K standartlari bo‘yicha suv va changdan ishonchli himoyalangan.

6500 mA·soat sig‘imga ega akkumulyator bilan smartfonlar ikki kungacha zaryadsiz ishlay oladi. 45 Vt gacha quvvatga ega Super Charge tezkor zaryadlash esa energiyani qisqa vaqt ichida tiklaydi. Ko‘p sayohat qiluvchilar uchun yangi modellarda FreeLink funksiyasi ham mavjud — Bluetooth Long Range orqali tarmoqqa ulanmasdan qo‘ng‘iroq qilish va xabar yuborish mumkin.

“CAMON 50 liniyasidagi smartfonlar kundalik hayotingizda ishonchli tayanch bo‘lishi uchun ishlab chiqilgan”, — deya ta’kidladi TECNO bosh direktori Jek Guo. “Bu yerda sun’iy intellekt shunchaki bezak emas, u yordam berish uchun yaratilgan: ma’lumotni eslab qolish, suratlarni qayta ishlash yoki smartfon bilan muloqotni yanada qulay qilish. Biz AI bilan ishlash jarayonini intuitiv va qulay qilishga harakat qildik.”

CAMON 50 Pro va CAMON 50 smartfonlari qora, kulrang va yashil ranglarda taqdim etilgan. Har ikki model 8/256 GB xotira konfigurasiyasida mavjud.

Bundan tashqari savdoga katta model — CAMON 50 Ultra 5G chiqadi. Smartfon 50 MP selfi-kamera va yanada kuchli MediaTek Dimensity 7400 Ultimate prosessoriga ega. Qolgan texnik xususiyatlari CAMON 50 Pro modeliga o‘xshash.

Kiritildi: 23:14 04.03.2026. O'qildi: 226 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!