Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasuflarining qiyofasini tikladi

A A A
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasuflarining qiyofasini tikladi

Equator AI eng so‘nggi sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda qadimgi yunon faylasuflarining qiyofasini tikladi va ularning vidoroligini tayyorladi.

Kadrlarda “Tarix” asarini yozgan yunon tarixchisi va geografi Gerodotning “o‘zidan” yunon-fors urushlarining batafsil tavsifini eshitishingiz mumkin.

Shuningdek, yunon matematigi, astronomi, davlat arbobi va faylasufi Xales ham videorolikdan o‘rin olgan.

Keyin videorolikda “Iliada” va “Odisseya” asarlari muallifi hisoblangan Gomer “gapiradi”.

Yunon davlat arbobi va notiq Demosfen ham videorolikda ko‘rinish bergan.

Aristotel shunday deydi: “Men Platonning shogirdi edim, keyinroq Aleksandr Makedonskiyning ustozi bo‘ldim”.

Suqrot moddiy ne’matlarni rad etib, oddiy hayot kechirganini “aytadi”.

Bundan tashqari, videoda Platon va Xrisippni ham eshitish mumkin, deb xabar beradi korrespondent.net.

Kiritildi: 15:27 27.09.2023. O'qildi: 1814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!