BBC va Fransiyaning Disclose loyihasi qo‘lga kiritgan hujjatlar shuni ko‘rsatadiki, Rossiya Interpol so‘rovlarini muxolifatchilar va jurnalistlarni hibsga olish maqsadida suiiste’mol qilgan.
Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlangach, Interpol “har qanday potensial suiiste’molning” oldini olish maqsadida Rossiya so‘rovlarini qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazishni boshlagan.
Shunga qaramay, 2024 yilda Rossiya so‘rovlarining taxminan 90 foizi birinchi tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tgan. 2025 yilga kelib esa, so‘rovlarni tekshirish uchun joriy qilingan ba’zi qo‘shimcha chora-tadbirlar bajarilmay qolgan.
BBC'ning qayd etishicha, Interpolga Rossiya so‘rovlari bo‘yicha kiritilgan shikoyatlar ko‘pchilik qarorlar bekor qilinishiga olib kelgan.