Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov O‘zbekistonda oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bilan javobgarlikka tortilgan shaxslar statistikasini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, shu yilning 10 oyi davomida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-2-moddasi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan 15 427 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Ularning 9 210 nafariga jarima jazosi, 6 217 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.
Shuningdek, Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan 399 nafar shaxs sudlanib, ularning 126 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 255 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan. 18 nafar shaxs shartli hukm qilingan.