Deputat keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilda 85 ta, 2023 yilda 108 ta, 2024 yilda 129 ta va 2025 yilda 123 ta shunday jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ushbu statistika bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasi muhokamasi davomida keltirildi.
Gulruh Agzamova bolalar xavfsizligini ta’minlash va ularni turli xil zo‘ravonliklardan himoya qilish masalasi dolzarb ekanini ta’kidladi.
«Bugun biz shunchaki navbatdagi qonun loyihasini muhokama qilayotganimiz yo‘q. Biz bolalar taqdiri, ularning xavfsizligi, ertangi kunga bo‘lgan ishonchi, eng muhimi, jamiyatimizda bola qadri qanchalik ustuvor ekanligi haqida gaplashmoqdamiz», — dedi deputat.
Agzamovaning qayd etishicha, Namangan viloyatida yaqinda sodir bo‘lgan holat ham bolalarga nisbatan og‘ir jinsiy zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirish zaruratini ko‘rsatgan.