Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

So‘nggi bir hafta davomida dunyoning Isroil va Falastinga munosabati qanday o‘zgardi?

So‘nggi bir hafta davomida dunyoning Isroil va Falastinga munosabati qanday o‘zgardi?

- Yevropa Ittifoqi G‘azo sektoridagi xatti-harakatlari va yetarli darajada gumanitar yordam ko‘rsatmagani uchun Isroilga qarshi sanksiyalarni ko‘rib chiqmoqda;

- Andorra, Avstraliya, Kanada, Finlyandiya, Islandiya, Lyuksemburg, Yangi Zelandiya, Portugaliya va San-Marino - BMT Bosh Assambleyasi oldidan bir kecha-kunduzda Falastin davlatini tan olish bo‘yicha bayonotlar bilan chiqishdi;

- Turkiya va Braziliya Isroilga qarshi harbiy sanksiyalar joriy etishini e’lon qildi;

- Isroil G‘azodagi “dahshatli vaziyatni tugatish bo‘yicha sezilarli qadamlar” qo‘ymasa, Buyuk Britaniya sentyabr oyida Falastin mustaqilligini tan oladi;

- Yevroparlamentning 40 nafar deputatidan iborat guruh G‘azo sektoridagi gumanitar inqiroz sababli Yevroittifoqni Isroil hukumatiga qarshi sanksiyalar joriy etishga va ushbu davlat bilan tuzilgan Assosiasiya bitimining amal qilishini to‘xtatishga chaqirdi;

- Germaniya G‘azo sektoriga havodan gumanitar yordam tashlash uchun ikkita samolyot jo‘natdi;

- Fransiya yaqin kunlarda G‘azo sektoriga havo orqali gumanitar yordam tashlashni boshlaydi;

- BMT bosh kotibi Isroilni Iordan daryosining G‘arbiy sohilini asta-sekin anneksiya qilishda aybladi;

- Putin Netanyahu bilan telefon orqali suhbatlashdi, ikki davlat yetakchilari Yaqin Sharqdagi vaziyat haqida gaplashishgan. Vladimir Putin mintaqadagi muammolar va mojarolarni faqat tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdori ekanini ta’kidlagan.

Kiritildi: 22:12 30.07.2025. O'qildi: 795 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!