Bugun 29 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Sulhga amal qilmaydigan sionist yahudiylar yana nima qildi?

Sulhga amal qilmaydigan sionist yahudiylar yana nima qildi?

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 419 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.


▪️Bosqinchilar Rafah, Bayt Lahia, Xon Yunis, Jabaliya, Nuseyrat va Bureyj lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 34 kishi halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan buyon 44282 kishi shahid bo‘ldi.

▪️Kamal Advan kasalxonasi direktori: G‘azo shimolidagi shifoxona atrofidagi hudud Jabaliya ishg‘oli boshlanganidan beri eng og‘ir hujum ostida qolmoqda.

▪️Al-Qassam brigadalari Beyt-Laxiyada nol masofadan "Merkava" tankiga zarba berishdi. Jabaliyada bosqinchi askarlar guruhi hujumga uchradi.

▪️G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Tubas, Nablus va Jeninga bostirib kirdi. Ko‘p sonli falastinlik, jumladan ikki bola hibsga olindi. Tulkarmda qarshilik jangarilari ishg‘ol mashinasini portlatib yubordi.

▪️"Hizbulloh" bilan e’lon qilingan sulhdan so‘ng bosqinchilar Livan janubida 6 kishini o‘ldirdi va Xiyomdagi uyni portlatib yubordi.

▪️"Hizbulloh": Urushda 130 dan ortiq askar va ofiser halok bo‘ldi, 1250 nafari yaralandi. 59 ta "Merkava" tanki va 11 harbiy buldozer yo‘q qilindi. Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun 4637 marotaba harbiy amaliyot o‘tkazildi.

▪️ Isroilning Livanga bir yildan ortiq vaqtdan amalga oshirayotgan hujumlari natijasida 3823 livanlik halok bo‘ldi, 15 000 kishi yaralandi.

▪️Iroq "Hizbulloh"i: Livanda o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay, Isroilga hujum qilishni to‘xtatmaymiz.

▪️Husiylar: Yaman birdamlikka va mintaqamiz taqdiri Quddusni ozod qilish bilan bog‘liqligiga ishongan holda Falastin va Livan xalqini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Kiritildi: 21:00 28.11.2024. O'qildi: 564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!