Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Sukerberg o‘zining shaxsiy orolida bunker qurmoqdami?

Sukerberg o‘zining shaxsiy orolida bunker qurmoqdami?

Dunyo urushlar, AI texnologiyalari va ijtimoiy tarmoqlar bilan ovora bo‘lib turgan bir paytda, Meta asoschisi Mark Sukerberg o‘zining Gavayi orollaridan birida joylashgan Kauay nomli shaxsiy orolida katta qurilish ishlarini olib bormoqda. Sukerberg bu yerda 170 million dollardan ortiq qiymatga teng yer sotib olgan.

OAV va sputnik suratlari ko‘rsatishicha, u yerda oddiy dam olish oromgohi emas, balki zamonaviy texnologik bunker qurilmoqda — yer osti tunnellari, avtonom hayot tizimlari va hatto o‘zining shaxsiy boshqaruv markazi ham bo‘ladi.

Forbes ma’lumotiga ko‘ra, bu yerda 30 tadan ortiq alohida inshootlar, shu jumladan maxsus panohgohlar va zirhlangan eshiklar qurilmoqda.

Dunyoning eng badavlat va qudratli insonlari yaqin kelajakda sodir bo‘ladigan biron bir narsaga tayyorgarlik ko‘rmoqdamikan, nima deysiz?

Kiritildi: 21:55 24.06.2025. O'qildi: 977 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!