Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Sug‘diyona Azimova 1 yildan buyon avtofalokatdan ko‘rgan 70 million so‘m zararini undira olmayotganini aytdi

Sug‘diyona Azimova 1 yildan buyon avtofalokatdan ko‘rgan 70 million so‘m zararini undira olmayotganini aytdi

Aktrisa Sug‘diyona Azimova o‘zining "Instagram" sahifasida avtofalokat natijasida Lada Xray avtomobili yaroqsiz ahvolga kelib qolgani, sud qarori bilan ayblanuvchi deb topilgan fuqaro 70 million so‘m zararni to‘lab bermayotgani haqida yozib qoldirgan.

Avtofalokat sodir bo‘lganiga ham bir yil bo‘ldi. Ammo haligacha ayblanuvchi  Toshkent shahar Mirobod tuman ma’muriy sudi qarori bilan 70 000 000 so‘m chiqarilgan zararni to‘lamagan. Inflyasiya hisobiga men har kuni yutqazyapman.

Jizzax viloyati Baxmal tumani MIB xodimlari Prezident xalq qabulxonasiga qo‘ng‘iroq qilmagunimcha qaror borganini ham bilishmadi va nihoyat, iyunda ularning ovozini eshitishga muyassar bo‘ldim. Ming afsuski, har qo‘ng‘iroq qilganimda erta, indin, degan gapni takror eshitaman. To‘g‘risi, bunaqa haqimni undirib bera olmayotgan, biz ishongan bu davlat tashkilotiga nima deyishni ham bilmay qoldim, deydi aktrisa.

Aktrisaning yozishicha, ayblanuvchi voqea joyidan qochib ketgan, ayblanuvchi qochib ketish sababini «kattaroq joyga ishga kirmoqchi bo‘lganligi» bilan izohlagan.

Avtofalokatga sabab bo‘lgan ayblanuvchi voqea joyidan qochib ketgani ham mayli, ammo sudda sudyaning nimaga voqea joyidan qochib ketdingiz,  degan savoliga bilasizmi nima, — deb javob berdi, — "Men kattaroq joyga ishga kirmoqchi edim, shunga ‘chp’ bo‘lishini xohlamadim", deb javob berdi. 

Jamiyatimizda bunaqa kadrlar rostdan ham kerakmikin? Hozirda ayblanuvchi Toshkentda ishlayapti. Mayli, zo‘r ekan O‘zbekiston Respublikasi qonun va qarorlaridan ham qo‘rqmaydigan bu ‘qora botir’, tarbiya qilgan otasi va sut bergan onasi ayol kishining haqidan qo‘rqmasmikin.

Men nima deyishni ham, nima qilishni ham bilmay qoldim. Bemalol jinoyat qilib, birovning haqini bemalol yeb yuraversa, bunaqalarning urug‘ini qachon quritamiz? Ming afsus, onamning yolg‘iz qiz farzandiman, erkak kishi bo‘lganimda, boshqacha gaplashar edim, deydi Sug‘diyona Azimova.

Aktrisa Sug‘diyona Azimova ushbu avtofalokat qanday sodir bo‘lgani haqida 2020 yil 6 iyun kuni YouTube‘dagi YashinTV kanaliga bergan intervyusida ham gapirib bergan edi.

Kiritildi: 19:25 25.11.2020. O'qildi: 4440 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!