Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Sudyalardan ayrimlari vakolati muddati davriga qayta tayinlandi

Sudyalardan ayrimlari vakolati muddati davriga qayta tayinlandi

Sudyalar oliy kengashining ochiq tanlov shaklidagi yig‘ilishida ayrim sudyalarni muqobillik asosida vakolati muddati davriga qayta tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi. Qizg‘in va keskin o‘tgan muhokamalar yakunida tegishli qaror qabul qilindi.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

Xolov Qosim Ismatovich – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon tumani sudining raisi lavozimiga;

Ahmedov Shuhrat Saidjabbarovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tumani sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek:

Matmusayev Ikrorjon Ibrohimovich – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Ahmedjanova Shoyraxon Alijonovna – sudyalik vakolati muddati davriga Namangan viloyati ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati Namangan tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Satvaldiyev Ilhomjon Atajanovich – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinko‘l tumani sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Nazirov Sherzod Erkinjanovich – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Ulug‘nor tumani sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

Hasanov Baxtiyorjon Abdumutalibovich – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Ulug‘nor tumani sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Asaka tumani sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Quvataliyev Azamat Kimsanboyevich – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Jalaquduq tumani sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumani sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Abrayev Hasan Choriyevich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Ochilov Jasur Rahmatovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Surxondaryo viloyati Termiz tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Ergashev Aziz Erkinovich – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

Anarov Furqat Shuhratovich – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Xanayev Umidjon Umaraliyevich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Abdulxayev Abdulla Abdurahmonovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Yarashev Zavqidin Zaynidinovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tumani sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Nishonov Sanjar Yuldibayevich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Karimov Xushnud Rimboyevich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati Bekobod tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Qurbanov Isomiddin Bahritdinovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Jizzax viloyati Do‘stlik tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

Raimqulov Nodirjon Nosirovich – sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Uchko‘prik tumani sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Kiritildi: 10:17 03.10.2024. O'qildi: 928 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!