Saudiya Arabistonida an’anaviy gazlangan ichimliklarga yangi muqobil – tarkibida shakar bo‘lmagan “Milaf Cola” taqdim etildi. Mazkur mahsulot mamlakatda rivojlanib borayotgan oziq-ovqat sanoatini qo‘llab-quvvatlash, mahalliy va eksportbop mahsulotlar turini kengaytirishga mo‘ljallangan.
“AzerTAJ” xabariga ko‘ra, Ar-Riyoddagi xurmo festivalida “Milaf Cola”ning rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ichimlik Saudiya xususiy investisiya fondining sho‘’ba korxonasi “Thurath Al madina” tomonidan taqdim etilgan. Kompaniya vakilining ta’kidlashicha, “Milaf Cola” ham ichki, ham xalqaro bozorlarda xurmo mahsulotlarini diversifikasiya qilish strategiyasining bir qismi bo‘ladi.
Saudiya Arabistoni Atrof-muhit, suv va qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakatda xurmo ishlab chiqarish yiliga 1,6 million tonnadan oshganini aytmoqda. Bu o‘sish 165 ming gektarni egallagan maydonlarning kengayishi bilan bog‘liq.