Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Mixail Shatskiy o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin

Mixail Shatskiy o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin

Moskvada Mixail Shatskiy ismli konstruktor o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. U Rossiyaning Ukrainaga qarshi qo‘llayotgan raketa va dronlarini modernizasiya qilish bilan shug‘ullangan.

Bu haqda jurnalist Aleksandr Nevzorov xabar berdi, u o‘z sahifalarida o‘ldirilgan shaxsning suratlarini chop etgan.

Keyinchalik bu ma’lumotni Ukrainadagi "Gromadske" nashrining xavfsizlik organlaridagi manbasi tasdiqladi. Manbaga ko‘ra, Rossiyaning harbiy-sanoat majmuasini rivojlantirishda ishtirok etgan har qanday shaxs Ukraina kuchlari uchun qonuniy nishon hisoblanadi.

Rossiya tomoni Shatskiyning o‘ldirilishi bo‘yicha ma’lumot bergani yo‘q.

"Vajnie istorii" nashri, o‘ldirilgan konstruktor aks etgan videoning geolokasiyasini tekshirib, voqea Moskva viloyatining Kotelniki tumanida sodir bo‘lganini aniqladi.

Ma’lumot uchun, Shatskiy "Mars" konstruktorlik byurosining bosh konstruktor o‘rinbosari bo‘lgan. Uning vazifalari X-59/X-69 raketalarini modernizasiya qilish va yangi dronlarni ishlab chiqishdan iborat edi. "Mars" byurosi havo kemalari uchun avtomatik boshqaruv va navigasiya tizimlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

Kiritildi: 20:24 12.12.2024. O'qildi: 1671 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!