Ukraina droni Grozniydagi polisiya maxsus polki binosiga hujum qildi.
Hodisa haqida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, dron urib tushirilgan va 4 nafar polisiyachi yengil jarohat olgan. Zarba natijasida kichik yong‘in kelib chiqqan va u tezda o‘chirilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 12 dekabrga o‘tar kechasi Rossiya Federasiyasi hududi osmonida jami 16 ta dron urib tushirilgan.