Sudan g‘arbidagi Shimoliy Kordofan shtatining Al-Obeyda shahridagi markaziy qamoqxonaga uchuvchisiz uchar qurilma zarbasi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi, 50 kishi yaralandi.
Bu haqda mahalliy hokimiyatga tayanib, "Sinxua" agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, halok bo‘lganlar va yaradorlarning barchasi mahbuslardir. Hukumat vakili Xolid Ali Aleysir "terakt"da Tezkor harakat kuchlarini aybladi.
"Bu jangarilarning Sudan fuqarolariga qarshi qonunbuzarliklarining uzun ro‘yxatiga qo‘shiladigan to‘laqonli harbiy jinoyatdir," - dedi u va shanba kuni ertalab SQB El-Obeyda kasalxonasiga ham uchuvchisiz samolyot bilan zarba berganini qo‘shimcha qildi.
Voqea guvohining "Sinxua"ga aytishicha, uchta dron qamoqxonaga beshtacha raketa uchirgan, ulardan uchtasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri binoga tekkan.