Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining arxivariusi A.A. esa ishni hal ilib berishni va’da qilib, pulni olgan.
Shu vaqtda u huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olingan.
Oliy sud axborot xizmati bu haqda rasmiy bayonot berdi. Unda sud organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz va keskin kurash olib borilayotgani ham qayd etilgan.
Shu o‘rinda Oliy sud yurtdoshlarimizni jamiyatda, xususan, sud organlarida korrupsiyani tag-tomiri bilan bartaraf etishda faol hamkorlikka chaqirdi.
Agar sud xodimi faoliyatida korrupsiya bilan bog‘liq xatti-harakat (yoki harakatsizlik)ni kuzatsangiz, sezsangiz, bu haqda zudlik bilan Oliy sudning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat guruhining (71) 239-01-79 raqamli «ishonch telefoni»ga ma’lum qilishingiz mumkin.