Seul markaziy okrug sudi Koreya Respublikasining sobiq prezidenti Yun Seok Yolni 2024 yil 3 dekabrdagi harbiy holat voqealari bo‘yicha tergov doirasida qayta hibsga olishga qaror qildi.
Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 6 iyun kuni harbiy holat davridagi voqealarni tergov qilish uchun mas’ul bo‘lgan maxsus prokuror Cho Yun Seok tegishli ariza bilan murojaat qilgan. Yun Seok Yol beshta yirik jinoyatda, jumladan, vazirlar mahkamasi yig‘ilishidagi qonunbuzarliklar tufayli hujjatlarni qalbakilashtirish, prezident xavfsizlik xizmati huquqni muhofaza qilish organlariga uni hibsga olishga ruxsat bermagani sababli davlat organlariga o‘z vazifalarini bajarishga to‘sqinlik qilish va dalillarni yo‘q qilishga urinishda gumon qilinmoqda.
Yun Seok Yol avvalroq davlat tuzumiga qarshi isyon uyushtirganlikda ayblangan edi.
Sud prezidentni hibsga olish masalasini mahalliy vaqt bilan taxminan 14:20 dan 21:01 gacha ko‘rib chiqdi. Sud majlisida Yun Seok Yol 20 daqiqalik nutq so‘zladi. Keyin u Seuldagi tergov izolyatoriga olib ketilgan, u yerda tartib bo‘yicha sobiq davlat rahbari hibsga olish to‘g‘risidagi qarorni kutayotgan xonaga jo‘natilgan.
25 iyun kuni Seul markaziy okrug sudi maxsus prokurorning Yun Seok Yolni hibsga olishga order berish haqidagi iltimosini rad etdi. 19 yanvar kuni Seul G‘arbiy okrug sudi Koreya Respublikasi prezidentini harbiy holat voqealari munosabati bilan qo‘zg‘olon qilganlikda ayblab, hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqardi. O‘shanda Yun Seok Yol tarafdorlari sudda pogrom boshlashgan. Mart oyidayoq Seul markaziy okrug sudi prezidentning hibsga olinishini bekor qilib, uni hibsdan ozod qildi. 4 aprel kuni Konstitusiyaviy sud Yun Seok Yolning impichmentini tasdiqladi.