Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

«Straus House» ta’sischisi Ibroxim Isroilov mijozlaridan olgan pullarni nimalarga sarflagani ma’lum bo‘ldi

«Straus House» ta’sischisi Ibroxim Isroilov mijozlaridan olgan pullarni nimalarga sarflagani ma’lum bo‘ldi

Avvalroq «Strause House» MCHJ ta’sischisi Ibroxim Isroilov O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llangani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentidan olingan ma’lumotga ko‘ra, hozirgi kunda «Strause House» MCHJ ta’sischisi Ibroxim Isroilovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon kilingan. Dastlabki tergov davomida “Straus House” MCHJ hisob raqamiga 2018 yilning dekabr oyidan 2019 yilning avgust oyiga qadar mijozlardan jami 15 mlrd. so‘mga yaqin pul mablag‘lari kirim qilingan. Kirim qilingan pul mablag‘larining 4,5 mlrd. so‘m qismi jamiyat ta’sischi I.Isroilovning shaxsiy plastik kartochkasiga qarz sifatida o‘tkazilib, bu mablag‘larning bir qismini muqaddam sodir etgan firibgarlik jinoyati bo‘yicha moddiy zararni qoplashga, o‘zi uchun 1 dona “Malibu 2” va 2 dona “Lasetti” rusumdagi avtomashinalar sotib olishga, Turkiya, BAA, Eran, Tailand, Malayziya, Rossiya Federasiyasi va Ukraina davlatlariga borib dam olish va o‘zining boshqa ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Shuningdek, Ibroxim Isroilovning OAVdagi chiqishlaridan birida «Straus House»ning karantin zonasida 5 ming dona tuyaqush jo‘jalari saqlanayotganligi haqida xabar bergan. O‘rganishlar natijasida ushbu ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topmagan. Mavjud 500ga yaqin jo‘jalar O‘zbekistonda tuyaqush yetishtiruvchi korxonalardan olganligi ma’lum bo‘lgan. Kompaniya ta’sischisining kelasi yillarda eksport qilishni rejalashtirayotganligi haqidagi va’dalari bo‘yicha ham tekshiruvlar o‘tkazilgan. Biroq, o‘rganishlarda kompaniya bunday (eksport) salohiyatga ega emasligi aniqlangan.

Olib borilayotgan dastlabki tergov jarayonlarida I.Isroilov tomonidan jinoiy yo‘llar bilan qo‘lga kiritilgan mablag‘lar evaziga sotib olingan avtotransport vositalari, ko‘chmas mulk ob’ektlari va qimmatbaho buyumlarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmokda, ularning barchasi jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni qoplashga qaratiladi.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha “Straus House” MCHJ moliyaviy xo‘jalik faoliyati yuzasidan tekshirishlar o‘tkazilmoqda. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.   

Kiritildi: 10:29 09.10.2019. O'qildi: 4308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!