Bugun 11 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Stavropolda granata portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Stavropolda granata portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Stavropol shahrida qo‘l granatasining portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda guvohlarga tayanib, SHOT Telegram-kanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, portlashdan oldin Chexov ko‘chasidagi hovlida ikki erkak uy yonida spirtli ichimlik ichib o‘tirgan.

Keyinroq shahar meri Ivan Ulyanchenko hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lganini tasdiqlab, portlash yonida turgan bir nechta mashinaga zarar yetkazganini qo‘shimcha qildi.

"Shaharning barcha favqulodda xizmatlari joyida. Hodisa sabablari huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘rganilmoqda," - deya shahar hokimining so‘zlarini keltiradi SHOT.

Kiritildi: 07:40 29.05.2025. O'qildi: 531 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!