Starlink tarmog‘idagi uzilishlar Pentagonning dengiz dronlari sinovlarini to‘xtatib qo‘ydi — Reuters.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sinovlar vaqtida Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqasida yuz bergan uzilishlar sababli qariyb bir soat davomida dengiz dronlarining boshqaruvi yo‘qotilgan.
Ushbu hodisa Pentagonning SpaceX kompaniyasiga kuchli qaramligini va bunday tizimning zaifligini ko‘rsatib berdi, deya qayd etadi Reuters.