Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Starbucks sotuvlari pasayishda davom etmoqda

Starbucks sotuvlari pasayishda davom etmoqda

Amerikalik qahva kompaniyasi Starbucks 2025-yil moliyaviy yilining uchinchi choragida global sotuvlar 2 foizga pasayganini ma’lum qildi. Kompaniya daromadi 558,3 million dollarni tashkil etib, bu o‘tgan yilga nisbatan 47 foizga kam.

Ta’kidlanishicha, bu ketma-ket oltinchi chorakda savdolarning pasayishidir. Bunga bir necha omillar sabab bo‘lgan. Jumladan, kompaniya Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlariga aloqadorlikda ayblanib, ko‘plab mamlakatlarda boykotlarga uchragan.

Shu bilan birga, AQSh bozorida iste’molchilar soni kamaygani, menyu murakkabligi va xizmat sifati pasaygani ham savdoga salbiy ta’sir qilgan.

Kompaniya Xitoydagi savdolar ijobiy o‘sganini qayd etgan — bu bozorda xaridorlar soni 6 foizga ko‘paygan.

Starbucks rahbariyati hozirda “Back to Starbucks” strategiyasi doirasida menyuni soddalashtirish, xizmat sifatini yaxshilash va mijozlarni qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.

Kiritildi: 13:37 30.07.2025. O'qildi: 377 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!