Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

SSV: Virusli gepatitni aniqlash uchun bepul skrining tekshiruvlari o‘tkazilmoqda

A A A
SSV: Virusli gepatitni aniqlash uchun bepul skrining tekshiruvlari o‘tkazilmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti hamkorligida quyidagi tibbiyot muassasalarida virusli gepatitning V hamda S turlarini erta aniqlash uchun bepul skrining tekshiruvlari o‘tkazilmoqda:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha:
📌 Nukus shahridagi 1, 3, 5 va 6-oilaviy poliklinikalar.

Toshkent shahri bo‘yicha:
📌 Shayxontohur tumani markaziy poliklinikasi;
📌 Chilonzor tumani markaziy poliklinikasi;
📌 Uchtepa tumani markaziy poliklinikasi;
📌 Olmazor tumani markaziy poliklinikasi;
📌 Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 8-oilaviy poliklinika;
📌 Yashnobod tumanidagi 30-oilaviy poliklinika.

Andijon viloyati bo‘yicha:
📌 Andijon shahridagi 1, 2, 3 va 4-oilaviy poliklinikalar.

Buxoro viloyati bo‘yicha:
📌 Buxoro shahridagi 4, 5 va 11-oilaviy poliklinikalar;
📌 G‘ijduvon tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi.

Jizzax viloyati bo‘yicha:
📌 Jizzax shahridagi 1, 2, 3, 4 va 5-oilaviy poliklinikalar.

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha:
📌 Qarshi shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi;
📌 Qarshi shahridagi 4, 5 va 6-oilaviy poliklinikalar;
📌 Chiroqchi tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi.

Navoiy viloyati bo‘yicha:
📌 Navoiy shahridagi 1, 2, 3 va 4-oilaviy poliklinikalar.

Namangan viloyati bo‘yicha:
📌 Namangan shahridagi 1, 3, 9 va 10-oilaviy poliklinikalar.

Samarqand viloyati bo‘yicha:
📌 Samarqand shahridagi 2, 4, 9 va 12-oilaviy poliklinikalar.

Surxondaryo viloyati bo‘yicha:
📌 Termiz shahridagi 1, 2, 3, 4 va 5-oilaviy poliklinikalar.

Sirdaryo viloyati bo‘yicha:
📌 Sirdaryo tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi;
📌 Mirzabod tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi;
📌 Yangiyer shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi;
📌 Guliston shahridagi 2 va 4-oilaviy poliklinikalar.

Toshkent viloyati bo‘yicha:
📌 Yuqori Chirchiq tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, 66 va 67-oilaviy poliklinikalar.
📌 Saksonota oilaviy shifokor punkti.

Farg‘ona viloyati bo‘yicha:
📌 Farg‘ona shahridagi 1, 4, 5 va 6-oilaviy poliklinikalar.

Xorazm viloyati bo‘yicha:
📌 Urganch shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi hamda 1, 2 va 3-oilaviy poliklinikalar.

‼️Salomatligingizga befarq bo‘lmang! Bepul skrining tekshiruvlaridan o‘z vaqtida o‘tib, xavfli kasallikdan xoli ekanligingizga ishonch hosil qiling!

Kiritildi: 10:14 13.09.2022. O'qildi: 1871 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!