Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tashkilotlarning shtat birliklari hisobidan Nogironlikning oldini olish, belgilash va tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni muvofiqlashtirish bo‘limi tashkil etildi.
📌 Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyruqlari bilan:
➡️ Churenov Kutlimurat Maxsudovich — ushbu bo‘lim boshlig‘i vazifasini bajaruvchi (tayinlovga qadar Ijtimoiy himoya milliy agentligida bosh mutaxassis bo‘lib ishlagan);
➡️ Kosimov Olimjon Abdullayevich — bo‘lim bosh mutaxassisi vazifasini bajaruvchi (tayinlovga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligida bosh mutaxassis bo‘lib ishlagan);
➡️ Karimov Baxodir Karimovich — bo‘lim bosh mutaxassisi vazifasini bajaruvchi (tayinlovga qadar Ijtimoiy himoya milliy agentligida bosh mutaxassis bo‘lib ishlagan) lavozimlariga tayinlandi.