Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

SSV: Hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari rahbarlari uchun o‘quv kurslari tashkil etildi

SSV: Hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari rahbarlari uchun o‘quv kurslari tashkil etildi

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan Toshkent xalqaro Vestminster universitetida sog‘liqni saqlash boshqaruv organlari rahbar xodimlarining davriy “Boshqaruvchilar maktabi – 2025” maxsus integrasion malaka oshirish o‘quv kurslari boshlandi.

Mashg‘ulotlarning dastlabki siklida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri va hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari ishtirok etmoqda.

Soha boshqaruv organlari rahbarlarining malakasi hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini tizimli ravishda oshirib borish maqsadida tashkil etilgan ushbu o‘quv kurslarida tibbiyotni, xususan, patronaj xizmatini xalqqa yaqinlashtirish, kasalliklarning oldini olish, erta aniqlash va samarali davolash, birlamchi tizim faoliyatini yanada takomillashtirish kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Kiritildi: 11:07 09.01.2025. O'qildi: 301 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!