Moskvaning SSKA klubi vingeri Kirill Glebov hujumkor yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayevning turk klubiga ko‘chib o‘tishi haqida fikr bildirdi.
Hamyurtimiz faoliyatini Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubida davom ettiradi.
«Abbos - barakalla! U yaxshi yo‘lni bosib o‘tdi. Bu uning o‘z mehnati. U bunga intildi, Yevropada o‘ynashni xohladi. Unga faqat omad tilashim mumkin», - dedi rossiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Fayzullayev 2023 yildan buyon "harbiylar" jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan edi. 21 yoshli xavbek moskvaliklar safida 72 ta o‘yinda qatnashib, 8 ta gol va 22 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.