Hujumkor yarimhimoyachi Abbosbek Fayzullayev SSKAdan "Istanbul Bashakshehir"ga o‘tishi mumkin. O‘zbekistonlik futbolchining vaziyatiga Moskva klubida kommunikasiyalar xizmatini boshqarayotgan Kirill Breydo izoh berdi.
"Abbos tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun uchib ketdi. Tibbiy tekshiruvlar ertaga, klublar kelishuvni rasmiylashtirish jarayonida boshlanadi," - deya Breydoning so‘zlarini keltiradi Match TV.
Avvalroq, Abbosbek Fayzullayev "Istanbul Bashakshehir" uchun tekshiruvdan o‘ta olmagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, bu ma’lumot tasdiqlanmadi, chunki tekshiruv hali boshlanmagan.