Bugun, 7 aprel kuni UYEFA Chempionlar Ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi 1/4 final bosqichi doirasida Lissabonning "Sporting" jamoasi o‘z maydonida Londonning "Arsenal" klubini qabul qiladi.
Bahs "Joze Alvalade" stadionida bo‘lib o‘tadi va uni germaniyalik hakam Daniel Zibert boshqarib boradi.
Jamoalar maydonga quyidagi tarkiblarda tushishadi:
"Sporting": Silva, Dyomande, Arauxo, Fresneda, Inasiu, Simoynsh, Morita, Gonsalvesh, Katamo, Trinkan, Suares.
"Arsenal": Rayya, Uayt, Saliba, Magalyayns, Kalafyori, Subimendi, Rays, Edegor, Trossard, Madueke, Dyokeresh.
Jamoalarning javob uchrashuvi 15 aprel kuni Londondagi "Emireyts" stadionida bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, 1/8 final bosqichida "Sporting" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra "Budyo-Glimt"ni (0:3, 5:0), "Arsenal" esa "Bayer"ni (1:1, 2:0) mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l olgan edi.