O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari rahbariyati hozirda Qozog‘istonning Olmaota shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Tashrif davomida rasmiylar qardosh mamlakat bilan sport sohasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida bir qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Bugun Qozog‘iston Turizm va sport vaziri Yerbol Mirzabosinov, Qozog‘iston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti — taniqli bokschi Gennadiy Golovkin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida ikki davlat sport sohasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, jumladan, terma jamoalar uchun qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish, yirik musobaqalarga tayyorgarlikni birgalikda olib borish, iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish va infratuzilmani rivojlantirishda o‘zaro tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.
Mazkur tashrif ikki mamlakat sport aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda.