Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Sport gimnastikachi Rasuljon Abdurahimov Germaniyada bronza medaliga sazovor bo‘ldi

A A A
Sport gimnastikachi Rasuljon Abdurahimov Germaniyada bronza medaliga sazovor bo‘ldi

Germaniyaning Kotbus shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi yakunlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, musobaqaning so‘nggi kun dasturida O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga bronza medali yozib qo‘yildi.

Mahoratli sportchimiz Rasuljon Abdurahimov o‘zining sevimli brusdagi mashqida muvaffaqiyatli qatnashdi. Final dasturidagi ijrosi hakamlar tomonidan 14.766 ball bilan baholandi. Yakunda ushbu natija Rasuljonga bronza medalini keltirdi.

Mazkur yo‘nalishda oltin va kumush medallari ukrainalik atletlarga nasib etdi.

Kiritildi: 15:10 26.02.2024. O'qildi: 788 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!