Bugun 27 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Sport.es: Mourinyu Vinisiusning «Real» bilan yangi shartnomasi bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etmoqchi

Sport.es: Mourinyu Vinisiusning «Real» bilan yangi shartnomasi bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etmoqchi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu hujumchi Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarda shaxsan ishtirok etish istagini bildirdi. Bu haqda Sport.es xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis o‘z jamoasida «qaymoqranglilar»ning barcha yulduzlari, jumladan Vinisius, Kilian Mbappe va Jud Bellingem birgalikda muvaffaqiyatli o‘ynay olishiga ishonmoqda. Mourinyu braziliyalik vinger bilan shaxsan suhbatlashib, uni «Real»ning yangi loyihasidagi asosiy futbolchilardan biri bo‘lishiga ishontirishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq OAVda Vinisius va «Real» yangi shartnoma bo‘yicha maosh miqdori yuzasidan kelisha olmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Braziliyalik futbolchi yiliga taxminan 30 million yevro maosh olishni istamoqda. Bu esa Kilian Mbappening maoshiga teng. Biroq «Real» hozircha bunday shartlarga rozi bo‘lishga tayyor emas.

Kiritildi: 16:16 14.07.2026. O'qildi: 664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!