SpaceXning Dragon yuk kemasi Floridadagi Kennedi koinot markazidan 31-chi ta’minot missiyasi (CRS-31) doirasida uchirildi, deya xabar beradi NASA.
Dragon Xalqaro kosmik stansiyani (XKS) oziq-ovqat, materiallar va jihozlar, shuningdek, ilmiy tajribalar uchun asboblar va materiallar bilan ta’minlaydi.
Orbital laboratoriyaga 6000 funtdan (2700 kilogramm) ortiq yuk olib kelgan Dragon kosmik kemasi dushanba kuni Sharqiy standart vaqt bilan (EST) soat 21:29 da Florida shtatidagi Kennedi kosmik markazidagi 39A uchish majmuasidan ko‘tarildi.
Ta’minot missiyasi XKS-72 doirasida o‘tkazilgan o‘nlab ilmiy tajribalarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Dragon kosmik kemasi kosmik stansiyada dekabr oyigacha qolishi rejalashtirilgan.
SpaceX kompaniyasi uchirilgan videoni X ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirdi.