Bu haqda 1 aprel kuni Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Aksiyalar listingi iyun oyida o‘tkazilishi kutilyapti. Sotiladigan aksiyalar soni va narxlar oralig‘i keyinroq ma’lum qilinadi.
Manbalardan birining so‘zlariga ko‘ra, IPO jarayonida SpaceX kompaniyasi 1,75 trillion dollardan ortiq qiymatga da’vo qilishi mumkin.
IPO natijasida kompaniya 75 milliard dollargacha mablag‘ jalb qilishi kutilmoqda. Shunday qilib, aksiyalarning joylashtirilishi tarixdagi eng yirigi bo‘ladi, avvalgi rekord 2019 yilda birjaga chiqish orqali 29 milliard dollar jalb qilgan Saudi Aramco kompaniyasiga tegishli edi.