Bugun 15 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Soxta xodimlar fuqaroni 170 ming dollarga "uxlatib" ketishdi

Soxta xodimlar fuqaroni 170 ming dollarga "uxlatib" ketishdi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga fuqaro M.P. o‘zining ehtiyotsizligi va soddaligi oqibatida katta miqdordagi mablag‘dan mahrum bo‘lgani yuzasidan murojaat qilgan edi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) xabar bermoqda.

Fuqaro M.P. o‘z murojaatida, 2024 yil dekabr oyida o‘zini Ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati va Markaziy bank xodimi deb tanishtirgan shaxslar ta’sirida kriptovalyuta orqali 170 000 AQSh dollarini o‘tkazib yuborganini bildirgan. Shu maqsadda u avtomashinasi va uyini sotgan, jamg‘armalarini yo‘qotgan, hatto qarzga kirgan.

Fuqaro M.P. 2024 yil dekabrida Kiberxavfsizlik markaziga rasmiy tarzda murojaat qilib, jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va u jabrlanuvchi sifatida tan olingan.

Ombudsman shikoyatda ko‘rsatilgan vajlarga aniqlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vazirligiga murojaat qildi.

Murojaat hamkorlikda o‘rganilishi natijasida Kiberxavfsizlik boshqarmasi tomonidan Kriptodo‘kondan fuqaro M.P. foydasiga 115 ming AQSh dollari (1 mlrd 434 mln 625 ming so‘m) undirib berildi.

Ombudsmanga firibgarlik bilan bog‘liq ko‘plab murojaatlar kelib tushadi, ammo ularning katta qismida mablag‘larni qaytarish imkoni bo‘lmaydi. Bu esa bunday holatlarga aldanmaslik va oldindan ogoh bo‘lishni taqozo etadi.

Shu munosabat bilan, Ombudsman fuqarolarni quyidagilarga jiddiy e’tibor qaratishga chaqirib qoladi:

• O‘zini huquqni muhofaza qiluvchi organ yoki bank xodimi deb tanishtirgan, ammo shaxsiy raqamlar orqali qo‘ng‘iroq qilayotgan, to‘lov yoki ma’lumot so‘rayotgan shaxslarga ishonmang;

• Telefon orqali pasport yoki ID-karta, plastik karta, PIN-kod, SMS-kod kabi shaxsiy ma’lumotlarni hech kimga oshkor qilmang;

• Siz tanimagan shaxslar kriptovalyuta orqali to‘lov qilishga undasa, bu holatni darhol to‘xtating va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling;

• Davlat organlari, idora va tashkilotlar o‘z faoliyatini faqat rasmiy kanallar orqali amalga oshiradi. Shubhali holatlarda tegishli idoraning ishonchli raqamlari orqali tasdiq oling.

Ombudsman fuqarolarni avvalambor huquqiy xabardor va ogoh bo‘lishga chaqiradi.

Kiritildi: 10:10 12.09.2025. O'qildi: 926 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!