Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Sovet multfilmlari haqida ko‘pchilik bilmaydigan 4 ta fakt

Sovet multfilmlari haqida ko‘pchilik bilmaydigan 4 ta fakt

Sovet multfilmlarning syujeti oddiy, ammo juda ibratli. Nafaqat bolalar, balki kattalar ham tomosha qilgan bu filmlar mehr-oqibat, do‘stlik va boshqa ijobiy jihatlarni o‘rgatadi.

“Senimi, shoshmay tur”, “Leopoldning sarguzashtlari” va “Prostokvashinolik uchovlon” kabi multfilmlar shunchalik ko‘p tomosha qilinganki, ular haqida hamma narsani bilamiz. Biroq faqat ijodkorlarning o‘zlari va cheklangan odamlar doirasiga ma’lum bo‘lgan qiziqarli faktlar mavjud.

“Prostokvashinolik uchovlon” bir sababga ko‘ra yaratilgan

Buyuk mualliflar durdona asarlar yaratish uchun biror narsadan ilhom olishlari kerak. Afsonaviy Prostokvashino qahramonlari haqidagi multfilm va kitoblar pionerlarning o‘qishga bo‘lgan ehtiyojiga asoslangan edi.

Uspenskiy hali juda yosh, bolalar oromgohlaridan biriga kutubxonachi bo‘lib ishga kirgach, o‘sha davr bolalariga sifatli adabiyotlar yetishmayotganini tushunadi. Shunday qilib, u Fyodor amaki haqidagi hikoyalarni o‘ylab topadi. Keyinchalik ular kitob va multfilmlar uchun asos bo‘ladi.

“Senimi, shoshmay tur” qismlari Yangi yil sovg‘asi deb hisoblangan

Bo‘ri va quyonning sarguzashtlari haqidagi “Senimi, shoshmay tur” multfilmi 1969-2005 yillar davomida yaratilgan. Ularning har biri xitga aylanadi. Agar zamonaviy bolalar xohlagan vaqtda istalgan multfilmni tomosha qilishlari mumkin bo‘lsa, SSSR bolalari televizorda yangi qismlari chiqishini kutishgan.

Yangi yil kuni esa o‘ziga xos an’ana bor edi — Kreml saroyida bo‘ladigan s’ezd. U yerda mamlakatning bayram archasi “Senimi, shoshmay tur” multfilmining yangi qismlari namoyishi bilan boshlanardi. Bolalar multfilmni sehrli bayram uchun maxsus sovg‘a deb hisoblashgan.

Ijodkorlar Vinni Puxni noodatiy qilishga harakat qilgan

Vinni Pux va uning do‘stlari haqidagi multfilmni suratga olishga qaror qilishganda Milnning ko‘plab hikoyalari xorijda nashr etilgandi. Xullas, Sovet ittifoqining rassom va animatorlari ayiqcha xorijlik variantidan ajralib turishi uchun butun kuchini sarflashadi.

“Tumandagi kirpi” multfilmidagi tipratikan

Kirpi va ayiq bolasi o‘rtasidagi do‘stlik haqidagi ushbu noodatiy multfilmni ko‘pchilik yaxshi ko‘radi. Ba’zilar hatto uni Sovet psixodelikalarining klassikasi deb ataydi. Multfilmda tuman qanday tasvirlanganini hamma eslaydi, bu hikoyaning asosiy xususiyati ham tipratikan tuman ichida bo‘lishi kerak edi.

Shunday qilib, u qadimgi Xitoy qo‘g‘irchoq teatri tamoyillari asosida yaratilgan. Buning uchun qahramon shisha ustiga qo‘yilgan, uning ustiga shaffof plyonka tortilgan. Keyin plyonkaga chang sepilgan. Shundan so‘ng shish ustidagi qahramon changli plyonkadan uzoqlashtiriladi. Sirli tuman effekti shunday yaratilgan.

Kiritildi: 15:01 22.06.2024. O'qildi: 1350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!