Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Sotilgan Qurilish vazirligi binosi yana qayta auksionga qo‘yildi

Sotilgan Qurilish vazirligi binosi yana qayta auksionga qo‘yildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi poytaxtdagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi binosini qayta sotuvga qo‘ydi.

Etti qavatli bino Abdulla Qodiriy va Abay ko‘chalari kesishmasida, O‘rda massivi tomonda joylashgan (yonida “Turonbank” ofisi va Yosh tomoshabinlar teatri hamda Toshkent shahar soliq boshqarmasi binosi bor). Binoning umumiy maydoni 11 725 kvadrat metrni, unga tutash hudud esa 0,48 gektarni tashkil etadi.

Lotning yangi boshlang‘ich narxi 187,238 milliard so‘m etib belgilangan. Auksion 15 may kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

Lot ilk bor 2025 yil noyabr oyida davlat organlari binolarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq savdoga qo‘yilgan edi. Dekabr oyida o‘tkazilgan auksionda “O‘zshahar Qurilish Invest” qurilish kompaniyasi 182,47 mlrd so‘mlik taklif bilan g‘olib bo‘lgandi. O‘shanda bino 130,3 mlrd so‘mlik boshlang‘ich narx bilan sotuvga chiqarilgan. Lotni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyat ham mavjud bo‘lgan.

Sotilgan ushbu bino nega yana qayta auksionga chiqarilganining sabablari hozircha ma’lum emas.

Kiritildi: Bugun 18:45. O'qildi: 453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!