Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Soliq turlari 9 tagacha qisqartirildi

A A A
Soliq turlari 9 tagacha qisqartirildi

Soliq turlari 9 tagacha qisqartirildi, deb xabar beradi Adliya vazirligi shaxsiy telegram-kanalida.

Xususan, yagona yer solig‘i, davlat boji, bojxona to‘lovlari va tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq turlari bekor qilindi.

Kodeksga ko‘ra, soliq organlari soliq tekshiruvlarining quyidagi turlarini o‘tkazadi:

  1. kameral soliq tekshiruvi;
     
  2. sayyor soliq tekshiruvi;
     
  3. soliq auditi.

(Ilgari soliq tekshiruvlari vakolatli organ bilan kelishuvga ko‘ra o‘tkaziladigan va  vakolatli organni xabardor qilish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlardan iborat bo‘lgan)

Kodeksga transfert narx shakllantirishni nazorat qilish normalari, “o‘zaro bog‘liq shaxslar” va “o‘zaro bog‘liq shaxslar o‘rtasida nazorat qilinadigan bitimlar”, “nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi” tushunchalari kiritildi.

Shu munosabat bilan ayrim tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan faoliyat amalga oshirilishi bilan bog‘liq “soliq to‘lovchilarni konsolidasiyalashgan guruhi” tushunchasi va ularni soliqqa tortishning xususiyatlari belgilandi.

Kiritildi: 21:49 02.01.2020. O'qildi: 2264 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!