Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Soliq qo‘mitasi Qodirovning migrantlardan soliq undirish taklifiga izoh berdi

Soliq qo‘mitasi Qodirovning migrantlardan soliq undirish taklifiga izoh berdi

Davlat soliq qo‘mitasi Alisher Qodirovning o‘zbekistonlik mehnat migrantlari uchun daromad solig‘ini joriy etish haqidagi taklifi yuzasidan izoh berdi.

Qo‘mita vakillari “bu tashabbusni amalga oshirish uchun hech qanday asos yo‘q” deb aytishdi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

"Migrantlar uchun daromad solig‘i O‘zbekiston soliq qonunchiligida yozilmagan. Hozirda bunday taklif yoki niyat yo‘q", - dedi DSQ matbuot kotibi Muzaffar Nazarov.

Avvalroq, O‘zbekiston prezidentligiga nomzod, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov chet elda ishlayotgan vatandoshlar uchun daromad solig‘ini joriy etishni taklif qilgandi.

"Mamlakatning taraqqiyoti uchun soliqlarning o‘rni juda muhim. Nima uchun bizda migrantlar xorijda ishlab topgan daromadidan soliq to‘lamasligi kerak? O‘zbekistonning taraqqiyoti uchun, kelinglar, soliq to‘laylik", — deydi Qodirov.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida uzoq vaqtdan beri ikki tomonlama soliqqa tortishni istisno qilish to‘g‘risidagi bir qancha shartnomalar amal qilmoqda.

Kiritildi: 14:50 15.10.2021. O'qildi: 13857 marta. Fikrlar soni: 24 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!